Korxonangizdagi Excel jadvallari, qog'ozbozlik va xatoliklar tufayli yo'qotilayotgan vaqtga chek qo'yamiz. Har bir detaligacha o'ylangan CRM va ERP arxitekturalarini yozamiz.
Maxsus interaktiv grafiklar va hisobotlar orqali kunlik, oylik va yillik daromad, xarajatlar va foydani 1 klikda ko'rasiz.
Oddiy tayyor echimlardan farqli o'laroq, millionlab yozuvlarni (records) serverga og'irlik tushirmasdan ishlashga qodir bazalari yoziladi.
Sizning ma'lumotlaringiz shifrlanadi. Xodimlarga o'zlariga tegishli qismgina ochiladi (Role-based access). Raqobatchilar ma'lumotni kucha olmaydi.
Biznesingiz jarayonlariga to'liq kirib chiqamiz va tizimni aynan sizning ssenariyingiz asosida yozamiz.
Korxonangiz bo'limlari qanday ishlashi o'rganiladi va aniq logika asosida hujjat (Texnik Topshiriq) ishlab chiqiladi.
Ishning asosiy poydevori - ma'lumotlar bazasi zarrachalarigacha loyihalanadi va server tomoniga ishonchli API yoziladi.
Foydalanuvchilar qotib qolmasdan tez ishlashi uchun toza interfeys tuziladi. Ortiqcha bosqichlarsiz oddiy dizayn yaratiladi.
Tizim serverga o'rnatiladi, test qilinadi va barcha xodimlarga qanday ishlash haqida yo'riqnoma ko'rsatiladi.
Zudlik bilan aloqaga chiqing va biznesingizni avtomatlashtirishning aniq arxitekturasi bo'yicha maslahat oling.